Xalqaro Press-klub (XPK) — nodavlat va notijorat tashkilot hisoblanib, 2017-yilning 7-aprel kuni Adliya vazirligi tomonidan rasman ro‘yxatga olingan.

Tashkilotning ustuvor vazifalaridan biri bu — mamlakatimizda yuz berayotgan yangilanishlar yuzasidan davlat organlari, jurnalistlar va jamoatchilik vakillari o‘rtasida ochiq va faol muloqot maydoni yaratishdir.

Xalqaro Press-klubning Jamoatchilik Kengashi senator va deputatlar, davlat va nodavlat tashkilotlari rahbarlari, taniqli jurnalistlar va siyosatchilardan iborat. Ta’sischilari qatorida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zA, “Jahon” va “Uzbekistan today” axborot agentliklari, “UzReport” va “Zo‘r TV” telekanallari, “Xalq so‘zi”, “Narodnoye slovo” va “Biznes-vestnik Vostoka” gazetalari hamda “Daryo.uz” “Gazeta.uz” internet nashrlari bor.

Xalqaro Press-klub rahbari taniqli jurnalist va siyosiy fanlar nomzodi, dotsent Sherzod Tojiddinovich Qudratxo‘jayevdir.