Xalqaro press-klub munosabati

Amaldorlarning ommaviy axborot vositalariga nisbatan bunday munosabati nomaqbul va takrorlanmasligi kerak

📌Xalqaro press-klub nodavlat-notijorat tashkiloti Toshkent shahar, Olmazor tumani hokimi oʻrinbosari Abdurasul Vahobov tomonidan tadbirkorlar va Kun.uz internet nashri muxbirlariga nisbatan amalga oshirilgan qoʻpol harakatlarini keskin qoralaydi.

❌Xalqaro press-klub Davlatimiz Rahbari oʻzining shu yaqin kunlarda qilgan qator nutqlarida ijroiya hokimiyat mutasaddilariga, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan hamkorlik qilish va ochiq boʻlishni takidlayotgan bir vaziyatda, janob Vahobovning ushbu harakatini nomaqbul deb baholaydi.

Umid qilamizki, vakolatli tashkilotlar Olmazor tumani hokimi oʻrinbosarining harakatlariga amaldagi qonunchilikka muvofiq huquqiy baho berib, ushbu noxush hodisani eʼtiborsiz qoldirmaydi.

Telegram👉🏻https://t.me/IPCUzbekistan