“Oʻzbekiston irrigatsiya tizimida innovatsiyalar davri: tomchilatib sugʻorish usulini joriy etishning dolzarb masalalari tahlili”

2019 yil 18 fevral kuni MTRK Media-markaz binosida Xalqaro Press klubning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 dekabrda...

2019 yil 18 fevral kuni MTRK Media-markaz binosida Xalqaro Press klubning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 dekabrda “Paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4087-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 fevraldagi “Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 103-son qarorlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan va rejalashtirilayotgan tadbirlar boʻyicha sessiyasi oʻtkazild.

Tadbirda qaror ijrosini bajarishga masʼul vazirliklar, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi raxbarlari, sohaga aloqador ilmiy institutlar olimlari, tomchilatib sugʻorish tizimi asbob uskunalarini ishlab chiqaruvchi korxona raxbarlari hamda paxta toʻqimachilik klasterlari va fermer xoʻjaliklar ishtirok etdi.

Tadbirda masʼul vazirliklar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot berildi, hamda moderator va jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga javob olindi.

Tadbirda quyidagi mavzular boʻyicha maʼlumot berildi:

  • Tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilgan paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilarga, shuningdek tomchilatib sugʻorish tizimlari va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilariga tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish uchun paxta xomashyosi ekiladigan maydonning har bir gektariga 8 mln soʻm subsidiya berish uchun talab etiladigan hujjatlar;
  • OʻzbekistonRespublikasiVazirlarMahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan paxta xom ashyosi ishlab chiqaruvchilariga tomchilatib sugʻorish tizimlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ularning butlovchi qismlarini sotib olish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlari tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasidan bir gektarga 20 mln soʻmdan oshmaydigan qismining 10 foizli punkti qoplab berish tartibi;
  • Respublikamizda tomchilatib sugʻorish tizimini ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot;
  • Paxta xom ashyosini yetishtirishda 1 gektar maydonda tomchilatib sugʻorish tizimini joriy qilish xarajatlari toʻgʻrisida maʼlumot;
  • Tomchilatib sugʻorish texnologiyasida gʻoʻza parvarishlash agrotexnikasi boʻyicha maʼlumot;
  • Ixtisoslashtirilgan oliy oʻquv yurtlarida sugʻorishda suvni tejaydigan texnologiyalaridan foydalanishni chuqurlashtirilgan tarzda oʻqitish tizimi va kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar.