“Oʻzbekiston hunarmandchiligida yangi sahifa: asriy qadriyatlar va zamonaviy yondoshuv”

2019 yil 15 may kuni soat 16:30 da “Suzuk ota” majmuasidaXalqaro Press klubning///

2019 yil 15 may kuni soat 16:30 da “Suzuk ota” majmuasidaXalqaro Press klubning “Oʻzbekiston hunarmandchiligida yangi sahifa: asriy qadriyatlar va zamonaviy yondoshuv” mavzuida sayyor sessiyasi oʻtkaziladi.
Suzuk ota koʻpchilik bilmas maqbara va zax tortib qolgan eski masjid edi. Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi bilan qariyb 8 gektarlik maydon obodonlashtirildi. Majmuaga kirish binosida muzey, kutubxona, mahalla idorasi va boshqa obyektlar joylashtirildi. Maqbaraning ikki tomonida hunarmandlar uchun har biri 4,5 sotixli oʻttizta kottej barpo etildi.
Maʼlumki, Suzuk ota oʻymakor usta boʻlgan. Bugun uning qadamjosi atrofida hunarmandchilik uylari tashkil etilgani chuqur mazmun-mohiyat kasb etdi. Ikki qavatli bu xonadonlarning birinchi qavati ustaxona va doʻkon uchun ajratilgan. Bu oʻziga xos hunarmandchilik markazi boʻlib, majmua boʻlishi bilan birga noyob turizm maskaniga aylanadi.

Sessiya davomida oʻzbek xalq amaliy sanʼatining asriy anʼanalari, “Suzuk ota” majmuasi barpo etilishi, hunarmandlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va ularning natijalari haqida soʻz bordi. Shuningdek, mamlakatda oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik bi¬lan shugʻullanayotgan insonlarga yaratilayotgan shart-sha¬roit¬lar xususida ham atroflicha toʻxtalib oʻtildi.
Farmonga qadar “Hunarmand” uyushmasi aʼzo boʻlib faoliyat yuratayotgan hunarmandlar soni 9823 nafarni, shogirdlari soni 5 091 nafarni tashkil etgan. 2018 yil davomida yangi aʼzolar soni 17520 nafarga va shogirdlarsoni 23203 nafarga, 2019 yilning oʻtgan davrida yangi aʼzolarsoni 6592 nafarga va shogirdlar soni 10422 nafarga oshdi.
2019 yilning 15 may holatigasohada band boʻlgan hunarmandlar soni 28,5 ming nafarga, shogirdlar soni 33,6 ming nafarga yetdi, yaʼni aʼzo hunarmandlar soni 2,9 barobarga oshdi.
Hunarmandchilikni rivojlantirish orqali yangi ish oʻrinlari yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

2018 yilda band boʻlmagan aholini hunarmandchilikka jalb etish orqali26,9 ming ish oʻrni yaratish belgilangan edi, ushbu koʻrsatkich haqiqatda 40,1 mingni tashkil etdi. Bundan 16,9 ming nafari faoliyatini qayta tiklagan hunarmandlar va 23,2 mingtasi yangi shogirdalar hisobiga toʻgʻri keldi.
2019 yil davomida 46,4 ming yangi ish oʻrinlari yaratish rejalashtirilgan boʻlib, joriy yilning 15 may holatiga tashkil etilgan ish oʻrinlar soni 17,0 ming nafarni tashkil etish, shundan 6,5 ming nafari yangi aʼzo hunarmandlar hisobiga va 10,5 ming nafarishogirdlar hisobiga toʻgʻri kelmoqda. Band boʻlmagan aholi, ayniqsa, yoshlarga hunarmandchilik sirlarini oʻrgatish maqsadida “Ustoz-shogird” anʼanalarini yanada kengaytirish borasida ish olib borilmoqda.

Rejaga asosan 2018 yilda respublika boʻyicha 105,5 mlrd. soʻmlik jami 3 015 ta loyihalarni amalga oshirish belgilangan boʻlsa, haqiqatda 222,5 mlrd. soʻmlik 7,5 minga yaqin loyihalar banklar tomonidan moliyalashtirildi. Bu raqamlar imtiyozli kreditlarga boʻlgan ehtiyojning naqadar yuqoriligini koʻrsatmoqda. Joriy yilda hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida qoʻshimcha 86,8 mlrd. soʻmlik 2803 ta loyihalarning yigʻma dasturi shakllantirildi. 2019 yil davomida amalga oshirilgan loyihalar soni 1860 tadan, ularni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar miqdori 67,1 mlrd. soʻmdan oshdi.
Bugungi kunda mamlakatimiz boʻyicha 5 mingdan ziyod “Usta-shogird” maktabida 23 mingdan ortiq yoshning bandligi taʼminlandi. Uyushmamiz ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, ularning hunarmandchilikka oid bilim va koʻnikmasini oshirish maqsadida Toshkent viloyatining hunarmandchilik kam rivojlangan Oqqoʻrgʻon va Quyichirchiq, Toshkent shahrining Chilonzor, Surxondaryo viloyatining Boysun tumani va Termiz shahrida, Namangan viloyatining Norin, Uychi Yangiqoʻrgʻon, Samarqand viloyatining Qoʻshrabot va Nurobod, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Kegeyli tumanlarida qisqa muddatli bepul oʻquv kurslarini tashkil etdi.
Milliy hunarmandchilik mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan koʻrgazma va yarmarkalarda taqdimot qilish va bu orqali hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi bozorlarda sotishga koʻmaklashish maqsadida 30 dan ortiq turli tadbirlar, jumladan koʻrgazma, yarmarka, festival va savdo-koʻrgazmalarida 178 nafar hunarmandlarning ishtiroki taʼminlandi, ushbu tadbirlarda 45 mingga yaqin hunarmandchilik mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Masalan, oʻtgan yil AQSHning Santa-Fe shahrida oʻtkazilgan “Xalq amaliy sanʼati xalqaro bozori” festivalida mamlakatimizdan 24 nafar hunarmandga uyushma tomonidan ushbu tadbirda ishtirok etdi. Festivalda ishtirokchilar tomonidan 451 ming AQSH dollari miqdorida milliy hunarmandchilik mahsulotlari sotildi, tadbirda ishtirok etgan 30 dan ortiq davlatlarning vakillari orasida mamlakatimiz ishtirokchilari mahsulotlari realizatsiyasi boʻyicha eng yuqori oʻrinlarni egalladi.
Hozirda xalqaro hamkorlik boʻyicha Tashqi ishlar vazirligi, chet davlatdagi elchixonalar hamda bevosita hamkor hunarmandchilik tashkilotlari bilan tizimli faoliyat olib borilyapti.

Shuningdek, festival veb-sayti (http://handicrafters.uz) yaratildi. Unda festival, milliy hunarmandchilik, hunarmandlar, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan hunarmandchilik mahsulotlar haqidagi maʼlumotlar joylashtirildi. Festivalda ishtirok etishni istagan xorijlik va mahalliy hunarmandlar onlayn tarzda ariza berishlari va roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.