“Milliy kinoindustriyani rivojlantirish: tarixiy an’analar, muammolar, yangicha badiiy sifat va maqsadli sarmoyalar”

2018 yil boshqa ijtimoiy sohalar qatorida kinematografiyada ham ulkan o‘zgarishlar davri bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 avgustdagi PQ-3176-son va 2018 yil 24 iyuldagi PQ-3880-son qarorlari e’lon qilindi...

PRЕSS-RЕLIZ

Milliy kinoindustriyani rivojlantirish: tarixiy an’analar, muammolar, yangicha badiiy sifat va maqsadli sarmoyalar”

2018 yil boshqa ijtimoiy sohalar qatorida kinematografiyada ham ulkan o‘zgarishlar davri bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 avgustdagi PQ-3176-son va 2018 yil 24 iyuldagi PQ-3880-son qarorlari e’lon qilindi. Ushbu qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida sohada bir qator islohotlar o‘tkazildi.Joriy yilning 15 avgust kuni MTRK Media-markaz binosida Xalqaro Press-klubning “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish: tarixiy an’analar, muammolar, yangicha badiiy sifat va maqsadli sarmoyalar” mavzusida sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari tomonidan o‘tgan yilning 3-avgustida ijodkor ziyolilar vakillari bilan hamda 29-dekabrda “O‘zbekkino” Milliy agentligi rahbarlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishlarida ham soha rivojiga katta e’tibor qaratildi.

“O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan o‘zbek milliy kinosi sifatini tubdan yaxshilash, xalq qahramonlarining badiiy timsolini filmlarda gavdalantirishga xizmat qilish maqsadida “O‘zbekkino” Milliy agentligi qoshidagi Badiiy kengash tomonidan 2018 yilga mo‘ljallangan kinoloyihalar tanlovi e’lon qilindi. Oldingi yillardagi tanlovlardan farqli o‘laroq, bu yilgi tematik rejada tarixiy mavzudagi kinoloyihalar salmoqli o‘rin egallaydi. Joriy yilning iyun holatiga ko‘ra Badiiy kengash tomonidan tasdiqlangan va ishlab chiqarishga tushirilgan 23 ta badiiy filmdan 11 tasi tarixiy mavzuda bo‘lib, ulardan buyuk muhaddis Imom Termiziy hayoti haqida “Imom Abu Iso Termiziy”,mo‘g‘ul bosqiniga qarshi kurashgan ajdodlarimiz qahramonligi haqida “Elparvar”, O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmad va uning turmush o‘rtog‘i Saida Zunnunovaning pok muhabbati va achchiq qismati haqida “Said va Saida”, Ikkinchi jahon urushi voqealari va o‘zbek xalqining mardonaligini tarannum etuvchi “Berlin-Oqqo‘rg‘on” kabi kinoloyihalarni alohida ta’kidlash joyiz. Zamondosh qahramonlarning badiiy talqinini yaratish, ularning jamiyat rivojiga qo‘shgan hissasini ko‘rsatish maqsadida davlat buyurtmasiga asosan 2001 yil 11 sentyabrda AQSHda sodir bo‘lgan fojia natijasida yuzaga kelgan tahlikali vaziyatda ekipajni qutqara olgan o‘zbek uchuvchisi Zarxo‘ja Saidazimov qahramonligi haqida hikoya qiluvchi “101-reys”,2000 yildagi Uzun va Sariosiyo voqealariga bag‘ishlangan “Yovqurlar”, mo‘ynoqlik nogiron qizning matonati haqida bo‘lgan “Taqdir poyezdi”, yosh tomoshabinlar tomonidan iliqlik bilan kutib olingan “Baron – 2” kabi filmlarni suratga olish ishlari davom ettirilmoqda.

“O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan 2017-2018 yillarda turli mavzu va yo‘nalishlarda 64 ta film harakatga tushirildi. Shulardan 23 tasi to‘liq metrajli, 4 tasi qisqa metrajli, 26 tasi hujjatli va 7 tasi multiplikatsion filmlar va “Zumrasha” bolalar hajviy kinojurnali to‘plamlaridir.

Xorazmlik buyuk islohotchi, 19-asrning oxiri – 20-asrning boshlarida Xivada katta islohot o‘tkazgan ma’rifatparvar vazir Islomxo‘janing fojeiy o‘limi haqida “Islomxo‘ja” badiiy publitsistik filmining tasvirga olish ishlari yakunlanib katta ekranlardagi namoyishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

“Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan joriy yilning avgust holatiga ko‘ra 26 nomdagi tarixiy, iqtisodiy-ijtimoiy, harbiy-vatanparvarlik, ilmiy-madaniy jarayonlarini yorituvchi, mustaqillikni mustahkamlashga hissa qo‘shgan, hayot yo‘li yoshlarga namuna bo‘ladigan zamondoshlarimiz haqida hikoya qiluvchi hujjatli filmlar suratga olinmoqda. Ulardan 7nomdagi xujjatli filmlarning tasvirga olish ishlari yakunlanib, katta ekranlardagi namoyishlari tashkil etildi.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 3 avgustda bo‘lib o‘tgan ziyolilar bilan uchrashuvda hamda 2017 yil 29 dekabrda “O‘zbekkino” MA rahbariyati hamda kinoijodkorlar hisobotini qabul qilish jarayonida bergan tavsiya va takliflari asosida “Kino san’ati” nomli jurnalning ilk soni tayyorlandi.

O‘tgan davr mobaynida Agentlikda Turkmaniston, Kirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkiya, Yaponiya, Chexiya, Polsha, Slovakiya kabi mamlakatlarningO‘zbekistondagi elchixonalari vakillari uchrashuvlar o‘tkazildi.

Qirg‘iziston kinoijodkorlari bilan hamkorlikda “Sarvqomat dilbarim”, Hindistonning “Dev entertainment” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Shodu xurramlik” (Hoichoi unlimited) kabi badiiy filmlar suratga olish ishlari boshlab yuborilgan.

ShuningdekBelarus Respublikasi, Polsha Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi va Yevropa Ittifoqi kinosi kunlari hamda Germaniyaning Gete institutining “Shum bola-2018” bolalar va o‘smirlar kinofestivali muvafaqqiyatli o‘tkazildi.

Qozog‘istonning Taraz, Hindistonning Dehli, Mumbay va Kalkutta va Turkmanistonning Ashxabad shaharlarida “O‘zbek kino”si kunlari doirasida milliy kinonamunalar namoyishi tashkil etildi.

11-17 iyun kunlari Xitoyning Sindao shahrida bo‘lib o‘tgan SHHTga a’zo mamlakatlar kinofestivalida kinorejissyor K.Kamalovaning “Yo‘l bo‘lsin” va R.Sagdiyevning “Merosxo‘r” badiiy filmlari ingliz tilidagi subtitr bilan ta’minlangan holda namoyish etildi. Yakunda “Yo‘l bo‘lsin” badiiy filmi festival Hay’at a’zolarining maxsus sovrini g‘olibi bo‘ldi.