Markaziy Osiyo savdo forumi Toshkentda bo’lib o’tadi

 Birinchi bor AQSH xalqaro miqyosda eʼtiborga sazovor biznes tadbir – sakkizinchi Markaziy Osiyo savdo forumini Oʻzbekistonda oʻtkazadi.

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda tashkil qilinayotgan ushbu tadbir 2018 yil 17-18 oktyabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.

Forumning tashkilotchisi USAIDning Markaziy Osiyoda raqobatbardoshlik, savdo va ish joylari yaratish sohalaridagi loyihasi boʻlib, u mintaqaning beshta mamlakatida meva-sabzavotchilik, turizm, transport va logistika sohalarida bandlikni yuksaltirish va eksportni rivojlantirishga qaratilgan. Mintaqada korxonalar raqobatbardoshligini oshirish va savdodagi toʻsiqlarni yoʻqotish orqali USAID eksport salohiyatini yuksaltirish uchun xususiy sektorga ham yordam beradi.