31 oktyabr. “Qishloq xoʻjaligini barqaror rivojlantirishda yangi maktab: zamonaviy ilmiy yondashuv, innovatsiya va xalqaro hamkorlik”

Joriy yilning 31 oktyabr kuni MTRK “Media-markaz” binosida Xalqaro Press-klubning “Qishloq xoʻjaligini barqaror rivojlantirishda yangi maktab: zamonaviy ilmiy yondashuv, innovatsiya va xalqaro hamkorlik” mavzusida sessiyasi boʻlib oʻtdi....

Joriy yilning 31 oktyabr kuni MTRK “Media-markaz” binosida Xalqaro Press-klubning “Qishloq xoʻjaligini barqaror rivojlantirishda yangi maktab: zamonaviy ilmiy yondashuv, innovatsiya va xalqaro hamkorlik” mavzusida sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyada fan-taʼlim va siyosat sohasidagi xalqaro ekspertlar, nodavlat tashkilotlar xodimlari oʻzlarining bilim va tajribalari bilan oʻrtoqlashishdi. Ishtirokchilarning turli soha vakillari hamda ularning xilma-xil qarashlarga ega ekanligi birgalikda barqaror qishloq xoʻjaligini rivojlantirishdagi yondoshuvlarda ijtimoiy fanlarda yangicha qarashlarni shakllantirishga olib keladi.

Munozara “Ipak yoʻlida joylashgan mamlakatlarda qishloq xoʻjaligining barqaror rivojlanishida ijtimoiy – iqtisodiy fanlarning roli”mavzusida xalqaro konferensiya hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida yaqinda ish boshlagan Markaziy Osiyoda qishloq xoʻjaligini barqaror rivojlantirish boʻyicha PhD maktabi dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

Oʻtish davrida yangi mustaqil davlatlar taʼlim tizimida sobiq Sovet davri namunasidagi islohatlar, konsepsiya va nazariyalarga asoslangan holda oʻquv dasturlarini yaratishdi va ilmiy tadqiqotlarni olib borishdi. Qishloq xoʻjaligi taraqqiyoti rejasi asosan amaliy, biologik va texnik fanlar asosida shakllantirildi hamda ijtimoiy fanlar vakillari boʻlgan iqtisodchilar faqatgina iqtisodiy holatni baholash va tabiiy fanlar vakillari qarorlarini haqqoniyligini asoslashga jalb etildi. Koʻpincha sovetlar ijtimoiy fanlarga davlat tomonidan tadqiqotlar uchun ajratilgan mablagʻlarning nooʻrin sarflanishi sifatida qarashgan. Shu bois, ularning ilmdagi kashfiyotlari va tavsiyalari odatda qabul qilinmagan yoki rad etilgan. Ijtimoiy soha olimlari siyosiy va ijtimoiy yoʻnalishidagi “nozik” hisoblangan, jumladan qashshoqlik, toʻyib ovqatlanmaslik, migratsiya va siyosat (islohatlar) taʼsirlari kabi mavzularni tadqiqotlar bajarishni istashmagan. Ijtimoiy soha olimlari-iqtisodchilar ulushining kamligi qishloq hoʻjaligini rivojlanishi loyihalarida kutilmagan salbiy ijtimoiy oqibatlarga olib keldi. Islohatlarga qaramasdan ijtimoiy soha olimlari eʼtibordan chetda qoldi va tadqiqotlar uchun mablagʻlar yetishmasligi davom etdi. Faqatgina ayrim holatlarda davlat universitetlari tabiiy fanlardagi hamkasblari bilan iqtisodchi olimlar hamkorlikda ishlaydigan raqobatbardosh guruh tuzishning uddasidan chiqishdi.

Shunga qaramay, ijtimoiy fanlar mamlakat qishloq xoʻjaligi rivojini taʼminlashda bundanda koʻproq gʻoyalar berishi mumkin. Ularning tadqiqot natijalari rivojlanish ehtiyojlariga erishishda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy masalalarni tushinishga koʻmaklashishi va keyingi rivojlanish imkoniyatlarini belgilashda yordam berishi mumkin. Bundan tashqari, ijtimoiy fanlar predmetlararo yondoshuv orqali rivojlanish masalalarini hal etishga qodir boʻlgan yangi avlod tabiiy fanlar olimlarini tayyorlashda oʻz hissalarini qoʻshishlari mumkin. Bunday foydali taʼsirni yaratishda, ijtimoiy fanlar olimlardan, xususan iqtisodchilardan xalqaro standartlar darajasidagi oliy taʼlimga bogʻlangan zamonaviy tadqiqotlarni talab etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining keyingi paytlardagi bir qancha yangi qarorlarida milliy taʼlim tizimining kelgusi rivoji va Oʻzbekiston OTM hamda ITI larining xalqaro hamkorlikni kuchaytirish zaruriyati eʼtirof etilgan.Ushbu isloxatlarga hamohanglikda va regiondagi qishloq xoʻjaligi rivojida ijtimoiy fanlarni kuchaytirishga javoban konferensiyada Markaziy Osiyoda barqaror qishloq xoʻjaligini rivojlantirishda yangi doktorantura dasturi boshlanishi eʼlon qilinadi. Ushbu dastur Markaziy Osiyo qishloq xoʻjaligi rivojlanishi bilan bogʻliq dolzarb masalalarni tadqiq etishda doktorantlar uchun zamonaviy tadqiqotlar olib boradigan hamkorlikdagi Xalqaro tadqiqot muhitini yaratadi.

Munozara quyidagi asosiy savollarga eʼtiborni qaratdi:

  • Rivojlanishni rejalashtirishda ijtimoiy fanlar nimalarni beradi?
  • Oʻtish davrida iqtisodchi olimlarining roli qanday oʻzgaradi?
  • Barqaror qishloq xoʻjaligini rivojlantirishni qanday bilimlar taʼminlaydi?
  • PhD tadqiqotchilarini tayyorlash sifatini oʻzgartirishda qanday prioritetga eʼtibor beriladi?
  • Davlat universitetlarida ijtimoiy fanlar guruhlarini tashkil etish uchun nima qilish zarur?