24-oktabr. “O‘zbekiston – BMT: islohotlarning yangi davridagi ustuvor vazifalar”  

24-oktabrda Xalqaro Press-klub va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oʻzbekistondagi Vakolatxonasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti kuniga bagʻishlab “O‘zbekiston – BMT: islohotlarning yangi davridagi ustuvor vazifalar” mavzuida maxsus sessiya tashkil etadi...

PRESS-RELIZ

“O‘zbekiston – BMT: islohotlarning yangi davridagi ustuvor vazifalar”

24-oktabrda Xalqaro Press-klub va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oʻzbekistondagi Vakolatxonasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti kuniga bagʻishlab “O‘zbekiston – BMT: islohotlarning yangi davridagi ustuvor vazifalar” mavzuida maxsus sessiya tashkil etadi.

1948-yil 24-oktabrdan buyon BMT kuni sifatida nishonlab kelinadi. 1971-yilda BMT Bosh Assambleyasi oʻz rezolyutsiyasida a’zo davlatlarga ushbu kunni bayram sifatida nishonlasni tavsiya etgan.

“BMT tizimi Oʻzbekistonda Hukumatning yuksak va ulkan ahamiyatga molik boʻlgan maqsadlarga erishishiga koʻmak beradi. Biz 1993-yildan buyon Hukumatga mamlakatni rivojlantirish boʻyicha dasturlarni amalga oshirishda koʻmak berib kelmoqdamiz. Biz bugun barqaror rivojlanish sohasidagi global kun tartibi hamda 2017 – 2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida Oʻzbekiston hukumati va BMTning mamlakatdagi agentliklari oʻrtasidagi yanada yaqin hamkorlik yoʻlga qoʻyilganini mamnuniyat ila e’tirof etamiz”, – dedi BMT doimiy koordinatori va BMTTDning Oʻzbekistondagi doimiy vakili Helena Freyzer.

Maxsus sessiyada BMTning Oʻzbekistondagi agentliklari rahbarlari gender tengligi va sogʻliqni saqlash, aholi bandligi, ta’lim, qonun ustuvorligi, mintaqaviy hamkorlik, ijtimoiy himoya va yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, iqlim va atrof-muhit oʻzgarishi sohasida barqaror rivojlanish Maqsadlariga erishishda Oʻzbekistonni qoʻllab-quvvatlash  uchun BMT tomonidan amalga oshirilayotgan turli dasturlar haqida soʻz yuritadilar.

Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM) mamlakatlar uchun alohida ahamiyatga ega, boisi, BMT tarixida ilk bor keng qamrovli global konsultatsiya jarayonida 2030 yilga qadar taraqqiyotning yagona nuqtai nazari ishlab chiqildi. Ushbu kun tartibi BMTning 193 ta a’zo davlati tomonidan tasdiqlangan va shu tariqa oʻzida dunyoning 2030 yildagi umumiy nuqtai nazarini aks ettiradi.

BRM falsafasi shundan iboratki, iqisodiy rivojlanish jarayoni ijtimoiy himoyaning takomillashtirilishi hamda aholinig zaif guruhlarini rivojlanish jarayoniga jalb qilinishi bilan yonma-yon olib borilishi zarur.

Rivojlanish boʻyicha milliy va xalqaro sheriklar bilan hamkorlik qilish jarayonida BMTning Oʻzbekistondagi Vakolatxonasi farovonlikni ta’minlash va Oʻzbekistonning barcha fuqarolari uchun munosib sharoit yaratib berish borasidagi oʻzining yuksak maqsadlariga erishishida Oʻzbekiston Hukumatini kelgusida ham qoʻllab-quvvatlashda davom etadi.

Bugungi kunda quyidagilar Oʻzbekistondagi BMT tizimidan oʻrin olgan: BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP), Aholishunoslik boʻyicha BMT Jamgʻarmasi (UNFPA), BMT Bolalar Jamgʻarmasi (UNICEF), Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (WHO), Ta’lim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (UNESCO), Narkotik va jinoyatchilik masalalari boʻyicha BMT boshqarmasi (UNODC), Markaziy Osiyodagi preventiv diplomatiya bo‘yicha BMT Mintaqaviy markazi (UNRCCA), Xalqaro mehnat tashkiloti (ILO), Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi boʻyicha Birlashgan Millatlar tashkiloti (FAO), Migratsiya boʻyicha xalqaro tashkilot (IOM) va BMT koʻngillolari dasturi (UNV).

 

Bog’lanish uchun ma’lumot

Аnvar Meliboev

Tel: 71 1203450 (158)

Mob: 93 5774082

anvar.meliboev@undp.org